"Real" xo‘jayин Peres Oliseni olmaslikka va’da berdi
«Bavariya» yangi mavsumda vinger Maykl Oliseni oʻz safida saqlab qoladi. Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, hozircha «Real» klubi Olise boʻyicha hech qanday muzokara olib bormayapti.
Maʼlumotlarga koʻra, «Real» prezidenti Florentino Peres shu yozda Oliseni sotib olishga urinish qilmaslikka «Bavariya» rahbariyati oldida vaʼda bergan. Shuningdek, futbolchining oʻzi yoki uning vakillari tomonidan transfer boʻyicha rasmiy soʻrovlar ham yoʻq.
Ayni paytda madridliklar asosiy eʼtiborni «RB Leyptsig» yarim himoyachisi Yan Diomande transferiga qaratgan. «Real» bu borada kelishuvga iloji boricha tezroq erishishni maqsad qilgan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Florentino Peres «Bavariya» bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishni istashi haqida xabarlar chiqqan edi.

Fikrlar