
“Real” xo‘jayinlari “Barsa”ga xat yozgan murabbiyni ishdan haydadi
“Real” rahbariyati 17 yoshli futbolchilar jamoasining yordamchi murabbiyi Adria Diasni ishdan bo‘shatdi.
The Athletic nashrining yozishicha, Dias o‘zi 2015-2019 yillar davomida ishlagan “Barselona” klubiga minnatdorlik maktubini yozgani “Qirollik klubi” mutasaddilariga yoqmagan.
Murabbiy o‘z maktubida onasi saraton hastaligiga chalinganida uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytgan va klubga sodiqligini bildirgan.
Endi “Real” uning shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan barcha maoshini to‘lab beradi. Dias “Real” klubida bir necha oy muqaddam ish boshlagan edi.
Fikrlar