“Real” Xolandni olish yo‘lini topdi

  • 09.10.2022 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” o‘tgan yozda Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmaganidan keyin asosiy e’tiborini “Manchester Siti”da to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilayotgan Erling Xoland transferiga qaratdi.

Tecno

Ispaniyaning AS nashri, “Qirollik klubi” norvegiyalik 22 yoshli hujumchini Madridga olib kelish yo‘lini topgan.

Manbaning ta’kidlashicha, klub rahbariyati Xolandni “Real” sharafini himoya qilish “Manchester Siti”da o‘ynashdan ko‘ra obro‘liroq ekaniga ishontirishni va shu orqali hujumchini Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirmoqchi.

Yaqinda Erling Xolandning otasi o‘g‘li Angliyada uzoq qolmasligi, uning rejasi kuchli beshlik ligalarining har birida o‘ynash ekanini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!