"Real" yarimhimoyachisi mashg‘ulotda jarohat oldi
Madridning «Real» jamoasida to‘p surib kelayotgan yosh ispaniyalik yarim himoyachi Tyago Pitarch navbatdagi mashg‘ulot paytida jarohat oldi.
Insayder Arancha Rodriges tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi madridliklar mashg‘uloti vaqtida tizzasidan jarohatlangan. Klub shifokorlari uning safga qaytishi faqat sentyabr oyiga borib mumkin bo‘lishini taxmin qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Pitarch asosiy jamoa tarkibida joriy yil mart oyidan beri maydonga tushib kelmoqda. Tyagoning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Tyago Pitarch Ispaniya chempionati doirasida madrid klubi safida o‘nta o‘yinda ishtirok etdi. U shu bahslarda ikki golli uzatma muallifiga aylandi va ikki marta ogohlantiruvchi sariq kartochka oldi.

Fikrlar