“Real” yulduzini sotishga rozi bo‘ldi

  • 16 iyun, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Defensa Central nashrining xabar berishicha, “Real” rahbariyati tajribali himoyachi Ferlan Mendini sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Transfermarkt portali 27 yoshli frantsiyalik futbolchini 40 million evroga baholagan bo‘lsa-da, madridliklar Mendini 50 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi.

Mendiga Angliya premer-ligasining bir necha klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.

Frantsiya chempionatida “Gavr” va “Lion” jamoalari sharafini himrya qilgan chap qanot himoyachisi uchun madridliklar 2019 yilda 48 million evro sarflagan edi. Mendi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 35 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va beshta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!