"Real"da jiddiy moliyaviy cheklovlar bor
"Real" jiddiy moliyaviy cheklovlarga duch kelmoqda. The Touchline nashrining xabar berishicha, yanvar oyidagi transferlar oynasi boshida madridliklarning bor-yo‘g‘i 3,4 million yevro bo‘sh mablag‘i bor edi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning o‘rtalarida "Real"da 175,8 million yevro bo‘sh mablag‘ bor edi, ammo shundan so‘ng klub futbolchilar transferi va "Santyago Bernabeu" stadioni uchun pul sarfladi.
Juma kuni "Real" safarda "Selta"dan 2:1 hisobidagi g‘alabani tortib oldi. Endi Alvaro Arbeloa jamoani Chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi uy o‘yiniga tayyorlamoqda. Uchrashuv 11 mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar