“Real”da kutilmagan muammo chiqib qoldi

  • 23 iyul, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bir qarashda eng kuchli tarkibga ega jamoadek ko‘rinadi. Jahon futbolining eng qimmatbaho to‘rt futbolchisidan uchtasi aynan madridliklar sharafini himoya qiladi.

Shunga qaramay, yangi mavsum oldidan Karlo Anchelotti jamoasida ham tarkib masalasida muammo chiqib qoldi.

Bu ko‘proq himoya chizig‘i bilan bog‘liq. Jamoa sardori Nacho Fernandes faoliyatining so‘nggi bosqichida moliyaviy ahvolni yaxshilab olish uchun Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Og‘ir jarohat olgan David Alaba hali anchagacha maydonga tusholmaydi.

Hozir Karlo Anchelotti ixtiyorida ikki nafar markaziy himoyachi – Antonio Ryudiger va Eder Militao qolgan.

Yaqinda Xesus Valexo ijaradan qaytib, mavsumga “Real”da tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq bu o‘yinchining darajasi klub oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun to‘g‘ri kelmasligi aytilmoqda.

 Ekspertlar Karlo Anchelotti murakkab vaziyatdan chiqish uchun bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan yarim himoyachi Orelen Tchuamenini orqa chiziqda o‘ynatishini taxmin qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!