"Real"da nechta hujumchi qoldi?

  • 4 iyun, 2023, 23:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"dan ketayotgan futbolchilarning deyarli barchasi hujum chizig‘ida harakat qilishadi. BenzemaMarianoAsensio va Azarlar "qaymoqranglilar" safini tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. 

Tecno

Ayni dam "Real"da faqatgina Vinisius va Rodrigolar qoldi. Bu ikki braziliyalikdan tashqari oldingi chiziqda o‘ynaydigan o‘yinchilar yo‘q. Ammo tez orada "Qirollik klubi" 3 ta hujumchi sotib olishi mumkin. Ulardan biri Keyn bo‘lishi aniq. Shuningdek, Xaverts ham madridliklar radariga tushgan. 

"Real"dan ketayotganlardan Benzema va Asensiolarning keyingi manzili aniq. Ispaniyalik vinger PSJga o‘tsa, Karim Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!