"Real"da Vinisiusning kelajagi so‘roq ostida
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres Vinisius Juniorning xulqi va doimiy mojarolaridan charchagani aytilmoqda. "Don Balon" nashriga ko‘ra, braziliyalik endi klubning asosiy rejalarida muhim o‘rin egallamaydi.
Jamoa ichida ham Vinisiusning o‘zini tuta olmasligi va murakkab fe’l-atvori sabab norozilik kuchaygan. Rahbariyat jamoa muhitini saqlab qolish uchun o‘zgarishlar haqida o‘ylamoqda.
Peres futbolchini 250 million evro evaziga sotishga tayyor. Bu tarixdagi eng qimmat transferlardan biri bo‘lishi mumkin. Braziliya terma jamoasi a’zosiga Saudiya Arabistoni klublari va PSJ qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, vinger 2018 yildan beri “qaymoqranglilar” safida o‘ynab kelmoqda. "Transfermarkt" ma’lumotiga ko‘ra, uning hozirgi bozor bahosi 150 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar