"Real"da yana yo‘qotish: Futbolchi "Barselona"ga qarshi o‘ynamaydi!

  • 02.05.2026 14:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid"ning oʻng qanot himoyachisi Daniyel Karvaxal 10 may kuni boʻlib oʻtadigan "Barselona"ga qarshi oʻyinni oʻtkazib yuboradi.

Madrid klubi 34 yoshli futbolchida oʻng oyoq kichik barmogʻining distal falangasida yoriq aniqlandi.

"Marca" nashri maʼlumotiga koʻra, Karvaxal taxminan ikki hafta maydondan chetda qoladi va mavsumning soʻnggi oʻyinida "Atletik Bilbao"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida, ispaniyalik himoyachi joriy mavsumda La Liga doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!