"Real"dan ajoyib natijalar

  • 26 iyul, 2024, 10:00
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridnig "Real" klubi barchani hayratga solib kelmoqda. Ajoyib tarzda yakunlangan o‘tgan mavsum va yangi mavsum oldidan hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Mbappening tarkibga qo‘shilishi jamoa muxlislarini yanada quvontiradi.

Yakuniga etgan mavsumda "qirollik klubi" bir necha statistikalarni ham yangilab ulgurdi: 

36-marta La Liga chempionligi qo‘lga kiritildi

Chempionlar ligasi g‘olibligini o‘n beshinchi marotaba nishonlandi

Jamoa eng qimmat futbol klubiga aylandi

Tarixda daromadi 1 milliard evrodan oshgan birinchi klub ham "Real" bo‘ldi. 

Futbol mutaxassislari jamoaning keyingi yillarda ham eng kuchli jamoa bo‘lib qolishi haqida gapirishmoqda. Buni esa vaqt ko‘rsatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!