“Real”dan zo‘r jamoa bor ekan
Statistikalarga ixtisoslashgan Opta nashri mutaxassislari dunyoning eng kuchli klublari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Manchester Siti” jahon futbolining eng kuchli jamoasi sifatida e’tirof etildi.
Qizig‘i shundaki, markaz ekspertlari Evropa Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatining amaldagi g‘olibi “Real”ni emas, balki xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erishmagan “Manchester Siti”ni birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Ayrim manbalar Opta nashrining bunday xulosaga kelishida, “shaharliklar”ning ketma-ket to‘rtinchi bora Angliya chempionligini qo‘lga kiritib, tarixiy rekord o‘rnatgani sabab bo‘lganini ta’kidlamoqda.
“Manchester Siti”ning muvaffaqiyatlari jamoani 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiolaning samarali faoliyati natijasidir.

Fikrlar