“Real”ga kerak bo‘lmay qolgan oʻyinchiga zo‘r klubdan ish chiqdi
Amsterdamning “Ayaks” klubi Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Dani Sebalyos bilan shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga yetdi.
Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi yozda Niderlandiya klubiga o‘tishi mumkin.
Sebalyos ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Real”ni tark etishni istamoqda, chunki klub murabbiylar shtabi yoshroq futbolchilarga ustunlik bermoqda.
“Ayaks” madridliklarga transfer uchun taxminan 6 million yevro taklif qilgan, ammo “Real” hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.
Joriy mavsumda Sebalyos “Real” safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, gol ham urmagan va assist ham qilmagan.
Uning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar