
“Real”ga o‘tmaganimdan afsuslanmayman
“Yuventus”ni boshqarayotgan Massimiliano Allegri o‘z vaqtida “Real”da ishlash taklifini qabul qilmaganidan afsumlanmasligini bildirdi.
- “Real”da ishlashga rad javobini berganimdan hech afsuslanmayman. Turinga qaytishdan xursandman. 10 yashar o‘g‘lim, shu shaharda yashayapti. Men yana “Yuventus”da ishlashni istadim va to‘rt yil davomida ko‘zga ko‘rinadigan ishlarni amalga oshirishni maqsad qilganman. Hech qanday armonim yo‘q.
Omadim keldi va yuqori saviyada ishlayapman. Shu paytga qadar o‘z ishimdan ko‘p rohat oldim, bundan keyin ham “Yuventus” bilan ana shunday davom etadi, - dedi Massimiliano Allegri.
Allegri 2014-2019 yillar davomida turinliklarni boshqarib, jami 11 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Klub rahbariyati 2020 yilgi omadsiz mavsumdan so‘ng, Allegrini yana ortga qaytardi.
Fikrlar