“Real”ga “yangi Ronaldu”ni topib berishdi

  • 17 fevral, 15:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyatini “Portu”da o‘ynayotgan 17 yoshli hujumkor futbolchi Rodrigo Mora jiddiy qiziqtirib qo‘ydi. Bu haqda El Gol Digital nashri xabar bermoqda.

“Qirollik klubi” xo‘jayini Florentino Peresga bu o‘yinchini olishni ilgari Krishtianu Ronaldu bilan ishlagan taniqli agent Jorje Mendesh tavsiya qildi.

Rodrigo Mora “Portu” tarkibiga joriy mavsumdan faol jalb etilmoqda. Biroq u yuqori diviziondagi debyutini ikki yil avval 15 yoshida o‘tkazgan.

Mora Portugaliya chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatgan.

Transfermarkt portali joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda to‘rtta gol va uchta assist muallifi bo‘lgan iste’dod egasini 10 million evroga baholamoqda. Biroq “Portu” o‘yinchining shartnomasida uni qo‘yib yuborish uchun badal pulini 66 million evro miqdorida belgilagan.

Jurnalistlar tomonidan “yangi Ronaldu”, deb e’tirof etilayotgan Rodrigo Moraga “Arsena”" va “Manchester Yunayted” kabi Angliya grandlari ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!