
"Real"ni hujumchi tark etadi
"Real Madrid" 21 yoshli ispaniyalik hujumchi Viktor Munos bilan xayrlashadi, deya xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar orqali nufuzli insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko‘ra, hujumchi faoliyatini "Osasuna"da davom ettiradi. "Qirollik klubi" Munosning sotuvidan olti million evro ishlab oladi, shuningdek, futbolchining keyingi transferidan 50 foiz ulushga ega bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda hujumchi Madrid grandining to‘rtta o‘yinda ishtirok etib, gol urolmadi. Viktor "qirollik klubi" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar