
“Real”ni Mbappega qo‘shib engamiz!
“Barselona”ning eng tajribali to‘purari Robert Levandovski yangi mavsum oldidan “Real” bilan raqobat haqida gapirdi. Polshalik hujumchi madridliklar o‘z safiga frantsiyalik forvard Kilian Mbappeni qo‘shib olgani kataloniyaliklarni cho‘chitmaydi.
- Mbappe menga o‘xshamaydigan hujumchi. Kilian umuman boshqa pozitsiyada o‘ynaydi, futbol uslubi ham farq qiladi.
Tabiiyki, Mbappe zo‘r futbolchi.
Lekin men “Barselona”ning imkoniyatlariga va sifatiga ishonaman. Biz “Real” bilan uchrashuvda g‘olib chiqish uchun qanday tayyorlanish va qanday harakat qilishni bilamiz, - dedi Robert Levandovski.
Ispan futbolida “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi raqobat uzoq yillardan beri davom etmoqda va keyingi yillarda avjiga chiqqan. Biroq so‘nggi paytda madridliklar ichki va xalqaro musobaqalarda kataloniyaliklarga qaraganda muvaffaqiyatliroq ishtirok etmoqda.
Fikrlar