“Real”ning muhim o‘yinchisi safga qaytdi

  • 29.11.2024 19:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Jarohatlar girdobi qolib ketgan “Real Madrid”da ahvol sekin-asta yaxshilanmoqda. Yaqindagina, Lukas Vaskes muddatidan oldin safga qaytib, chempionlar ligasida “Liverpul”ga qarshi maydonga tushishga ulgurdi.

Endilikga, “qirollik klubi”ning jamoaviy mashg‘ulotlariga yana bir etakchi futbolchi Rodrigo qo‘shildi. Biroq, braziliyalik hujumchining yakshanba kuni “Xetafe”ga qarshi o‘ynashi hali ham so‘roq ostida qolmoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!