"Real"ning transfer maqsadlari o‘zgardi

  • 11.05.2025 15:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" klubi yozgi transferlar oynasida markaziy himoyachi xarid qilishni qaror qildi. Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, avvaliga "qaymoqranglilar" markaziy mudofaaga futbolchi sotib olishni rejalashtirmagan edi, biroq vaziyat o‘zgardi. Ta’kidlanishicha, Antonio Ryudigerning jismoniy holati va David Alabaning tez-tez jarohatlanishi rahbariyatni bunday qarorga kelishga undagan.

Ma’lumot uchun, 34-tur yakuniga ko‘ra, "Real" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 75 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Barselona"dan to‘rt ochko orqada qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!