
"Real"ning yosh yulduzini PSJ olib ketmoqchi
PSJ "Real Madrid"ning yosh va iqtidorli himoyachisi Raul Asensioga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirayotgan Frantsiya klubiga ispaniyalik futbolchining himoyadagi harakatlari manzur kelgan.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 45 million evroni tashkil etishi mumkin. Raul Asensio "Real" akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, himoyachi Madrid klubining asosiy jamoasida 22 ta o‘yin o‘tkazib, bir marta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar