“Real”ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma’lum
"Real" Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Niko Shlotterbekni asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab oldi.
"The Touchline" nashri bergan ma'lumotga koʻra, "qaymoqranglilar" Dayo Upamekano, Mark Gexi va Jeremi Jakening qoʻlga kiritishga uchragan muvaffaqiyatsiz urinishlardan soʻng, Shlotterbek variantiga oʻtishga qaror qilgan. Madrid klubi yozda yangi markaziy himoyachi sotib olishga jiddiy bel bogʻlagan. Ammo Shlotterbek ham "Real"ga kelishni xohlamasa, unda "qirollik klubi" "Komo" safida harakat qilib kelayotgan oʻz tarbiyalanuvchisi Xakobo Ramonni sotib olishga urinib koʻradi.
Nikoning ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 55 million evroni tashkil etadi. Uning Borussiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum nemis klubi safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.
Fikrlar