
Rebich Superliga klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi
Xorvatiyalik vinger Ante Rebich "Milan"dan "Beshiktosh"ga o‘tdi. Turkiya klubi qanot hujumchisi bilan ikki mavsumga shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.
Ma’nbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi yangi jamoasida yiliga 2,5 million evro maosh oladi va bundan tashqari shartnoma imzolagani uchun yana qo‘shimcha 280 ming evroga ega bo‘ladi. Shuningdek, u har bir maydonga tushgan o‘yini uchun 10 000 evrogacha bonus oladi.
“Milan”ning o‘zi esa Rebich uchun bonuslar bilan birga 2 million evro olishi aytilmoqda.
Ante 2019/20 yilgi mavsumdan buyon “Milan”da to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida A Seriyada 100 o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol urgan.
Fikrlar