Rekordchi Chusovitina turklarga “dars” berdi

  • 4 sentabr, 2023, 11:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Gimnastika
BEPUL PROPAN

Jahon sportida bir necha takrorlanmas rekordlar sohibasiga aylangan Oksana Chusovitina sport gimnastikasining tayanib sakrash bahslarida hamon tengsiz ekanini isbotlab kelmoqda.

Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqasida qatnashayotgan sportchimiz yana yutuqqa erishdi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida Oksana Chusovitina eng yaxshi natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tajribali sportchimiz tayanib sakrashda eng ko‘p – 13.067 ball jamg‘arib, mezbon gimnastikachilar – Yildiz Bengisi va Biner Cherendan o‘zib ketdi.

Sovrindorlar natijalari bilan tanishing:

  1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.067
  2. Bengisi Yildiz (Turkiya) – 12.950
  3. Cheren Biner (Turkiya) – 12.950

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Elmurod Ruziaxunov
04/09/2023 17:41
Қойил 50 ёшга кирибам...