Rekordlar, medallar, litsenziyalar: Para engil atletikachilarimiz Parijda yangi sahifa ochishdi

CHERY AUTO

Para engil atletika bo‘yicha Parij shahri mezbonlik qilgan jahon chempionati o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Dunyoning 103 ta mamlakatidan 1206 nafar para atlet ishtirok etgan bu galgi dunyo birinchiligi terma jamoamiz a’zolari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Matonatli paralimpiyachilarimiz ushbu musobaqada 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 17 ta medal qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida sayyoramizda 8-o‘rinni egallashdi.

Taqqoslash uchun, para atletlarimiz 2019 yilda BAAda o‘tkazilgan jahon chempionatida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medal qo‘lga kiritishgan edi.

Yana bir e’tiborli jihati, bu galgi jahon chempionatida 5 nafar sportchimiz - Doniyor Saliev, Izzat Turg‘unov va Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bahslarida, yadro uloqtirishda Bobur Omonov, nayza uloqtirishda esa Nurxon Qurbonova jahon rekordini yangilashdi. Bundan tashqari terma jamoaning ko‘plab sportchilari o‘z shaxsiy rekordlarini ham aynan Parijdagi jahon chempionatida o‘rnatishdi.

Eng muhimi 19 nafar para atletimiz kelgusi yil aynan Parij shahrida bo‘ladigan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Норов Абдужалил
18/07/2023 15:44
Медаллар жамгариш буйича уммумий жадвални хам иашланг. @admin