Reshford “Barsa” o‘yinchilarini qoyil qildi

  • 27 iyul, 13:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolganidan keyin Markus Reshford taqdirini Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” bilan bog‘lashga qaror qildi.

Tecno

27 yoshli hujumchi mavsumoldi tayyorgarligining so‘nggi bosqichini o‘tash uchun jamoa bilan birga Yaponiyaga yo‘l oldi.

Marca nashrining yozishicha, angliyalik futbolchi dastlabki jamoaviy mashg‘ulotlarda jamoadoshlarini qoyil qoldirgan. Manbaga ko‘ra, Reshford katta talant egasi ekanini namoyish qila oldi.

“Barselona” futbolchilari ilk mashg‘ulotlardayoq, Markusning yuqori sport formasida ekanini his qilgan va  jamoa safida uchrashuvlarda ishtirok etishga tayyorligidan mamnun bo‘lgan.

Kataloniyaliklar Reshfordni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi. “Barselona” kelasi yoz 30+5 million evro miqdoridagi summaga o‘yinchini to‘liq transfer qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!