Reshford "Barselona"da qolmasligi mumkin
"Barselona" qanot hujumchisi Markus Reşford joriy mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin. Bu haqida jurnalist Luis Roho xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini to‘liq sotib olish masalasida ikkilanishmoqda. Ingliz futbolchining 2026 yildagi o‘yini sezilarli darajada pasaygan va u Rafinya yo‘qligida jamoa uchun to‘liq o‘rinbosar bo‘la olmadi.
"Manchester Yunayted" esa hujumchini 30 million yevro evaziga sotish talabida turibdi. Biroq "Barselona"da futbolchining maoshini ham inobatga olgan holda bu summa juda yuqori deb hisoblanmoqda.
Faqat Reşfordning o‘yiniida jiddiy o‘sish bo‘lsa, kataloniyaliklar pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin, ammo bunga vaqt kam qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" hujumchini o‘tgan yozda "qizil iblislar"dan ijaraga olgan edi. U jamoa safida 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar