Reyting yangilandi. Davlatimiz hamon birinchi!

  • 1 fevral, 2022, 12:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Portugaliya Gran-prisi yakunlariga ko‘ra yangilangan jahon reytingini e’lon qildi.

Tecno

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yangilangan reytingda Portugaliyada chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg vazn toifasida 24 pog‘onaga yuqorilab, ayni paytda 22-o‘rinni egallab turibdi. Aytish kerakki, ushbu vazn etakchisi gruziyalik Lasha Shavdatuashvili hisoblanadi.

-60 kg vazndagi dzyudochimiz Kemran Nurillaev avvalgi o‘rniga nisbatan ikki pog‘onaga, uning akasi Sardor esa -66 kg vazn reytingida bir o‘ringa pastlagan.

Sardor Nurillaev, Hikmatulloh To‘raev, Sharofiddin Boltaboev, Davlat Bobonov va Gulnoza Matniyazova jahon reytingining TOP-10 dzyudochilari safidan joy egallagan.

Yangilangan IJF reytingi:

-60 kg vazn toifasi

1. Yang Yung Vey (Xitoy Taypeyi) 4510 ochko
20. Kemran Nurillaev (O‘zbekiston) 1792 ochko

-66 kg vazn toifasi

1. An Baul (Janubiy Koreya) 4340 ochko
7. Sardor Nurillaev (O‘zbekiston) 3269 ochko

-73 kg vazn toifasi

1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) 5575 ochko
9. Hikmatulloh To‘raev (O‘zbekiston) 2602 ochko
22. Murodjon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) 1502 ochko

-81 kg vazn toifasi

1. Mattias Kasse (Belgiya) 6250 ochko
3. Sharofiddin Boltaboev (O‘zbekiston) 4066 ochko

-90 kg vazn toifasi

1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) 5844 ochko
33. Shermuhammad Jandreev (O‘zbekiston) 1140 ochko

-100 kg vazn toifasi

1. Arman Adamyan (Rossiya) 5460 ochko
14. Muhammadkarim Hurramov (O‘zbekiston) 2391 ochko
18. Muzaffarbek To‘raboev (O‘zbekiston) 1600 ochko

+100 kg vazn toifasi

1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) 6574 ochko
25. Alisher Yusupov (O‘zbekiston) 1447 ochko
33. Bekmurod Oltiboev (O‘zbekiston) 982 ochko

AYoLLAR

-52 kg vazn toifasi

1. Amandin Bushar (Frantsiya) 4990 ochko
11. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) 2560 ochko

-70 kg vazn toifasi

1. Barbara Matich (Xorvatiya) 5498 ochko
9. Gulnoza Matniyazova (O‘zbekiston) 2677 ochko

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!