
Riaskos: "Kuchimni jamoa manfaati uchun sarflayman"
Elit Chempionlar ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al-Sadd" bahsi yakuniga etdi.
Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqiblardan ustun keldi.
Bellashuvning eng yaxshi futbolchisi Brayan Riaskos o‘yindagi taassurotlari haqida gapirdi.
- Murabbiy aytganidek, chiroyli futbol namoyish qildik. Mashg‘ulotlarda ishladik va bu samarasini berdi. Ikkita to‘p kiritganimdan xursandman. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman va g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislarni ko‘proq xursand qilishga intilamiz.
Imkon qadar ko‘proq gol bilan jamoaga yordam berishga harakat qilaman. Nechta gol urishimni hozir ayta olmayman. Bor kuchimni jamoa manfaati uchun sarflayman.
Fikrlar