Rio Ferdinand: "MYuga hujumda tajribali futbolchi kerak, Sheshko emas"
"Manchester Yunayted" klubi "RB Leyptsig" forvardi Benyamin Sheshkoni qaytadan diqqat markaziga olgani haqidagi xabarlar fonida, klub afsonasi Rio Ferdinand ushbu transferga qarshiligini bildirdi.
"Menimcha, "Manchester Yunayted" hozirgi vaziyatga e’tibor qaratishi kerak. Hozir klubga tajribali hujumchi kerak. Buni avval ham aytganman.
Men Sheshkoni yomon futbolchi demayapman. Lekin MYuning hujum chizig‘ida Xoylund, Zirkze va Obi-Martin kabi yosh, tajribasiz o‘yinchilar bor. Ularga qarab, "mana, hujumchi shunday o‘ynashi kerak" deyish uchun o‘rnak bo‘ladigan forvard kerak.

Siz tajribasi etarli bo‘lmagan o‘yinchini sotib olayotganingizda, bu yana bir tavakkalchilikdir. Bunday darajada bu qanchalik to‘g‘ri?" – deya o‘z so‘zini yakunladi "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi.

Fikrlar