Ris Jeyms "Chelsi" bilan shartnomasini 2032 yilgacha uzaytirdi
"Chelsi" klubi sardori Ris Jeyms jamoa bilan yangi olti yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida "The Athletic" nashri xabar berdi.
Himoyachining avvalgi shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qilar edi. Yangi kelishuv esa 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan. Shartnoma klub tomonidan 2022 yil may oyida qabul qilingan maosh tuzilmasiga mos ravishda tuzilgan.
Qayd etilishicha, Jeymsning avvalgi shartnomasi hozirgi klub egalari davrida ham uzaytirilgan bo‘lsa-da, u eski shartlar asosida amal qilayotgan so‘nggi futbolchi edi.
26 yoshli angliyalik himoyachi "ko‘klar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 6 yoshidan beri klub tizimida o‘ynab kelmoqda.
Joriy mavsumda Ris Jeyms Angliya Premier-ligasida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar