Risharlison qishda Mersisayd klubiga o‘tishi mumkin

  • 24 oktabr, 14:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Teamtalk" nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" forvardi Risharlison faoliyatini yana bir ingliz klubida davom ettirishi mumkin. Manbaga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchining transferiga "Everton" qiziqish bildirgan.

Tecno

"Shporlar" Risharlisonni qishki transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Ta’kidlash joizki, braziliyalik futbolchi avval ham Liverpul shahridan joy olgan mazkur jamoa sharafini himoya qilgan edi.

Joriy mavsumda Risharlison "Tottenxem" safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, bozor qiymati esa taxminan 25 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!