Robert Uittaker: "Dog‘istondagi mashg‘ulot lageriga borgan bo‘lardim"

  • 24.12.2025 17:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘rta vazn toifasida UFC ning sobiq chempioni Robert Uittaker dog‘istonlik jangchilarning fidokorligini e’tirof etdi.

"Menimcha, bunday fidokorlik chempionlarni yaratadi. Ularning noyobligi va o‘ziga xosligi shundaki, ularda cheksiz diqqat-e’tibor va o‘z ishiga sadoqat bor. Sinab ko‘rish uchun Dog‘istonga mashg‘ulot lageriga borarmidim? Hozir emas. Lekin yoshroq paytimda - ha", - dedi avstraliyalik "That MMA Gril" bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Uittaker "UFC on ABC 9" turnirida Rene de Ridderdan ochkolar evaziga mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!