Roberto Martinez O'zbekistonning bekor qilingan supergoli haqida gapirdi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda qayd etilgan yirik hisobdagi gʻalaba (5:0) haqida fikr bildirdi.
— Menimcha, bu oʻyinda eng muhim omil — his-tuygʻularni nazorat qilish boʻldi. Birinchi oʻyinda biz gol urdik-u, lekin shundan soʻng oʻz rejamiz, maydondagi intizom va pozitsiyalardagi tartibni yoʻqotib qoʻydik.
Bu gal esa aksincha boʻldi: tanaffusgacha qay tarzda oʻynashimiz kerakligini aniq tushungan holda harakat qildik. Shu bilan birga, zahiradan maydonga tushgan besh nafar futbolchi ham taktik intizomni yuqori darajada ushlab turdi, bu esa hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Lekin yana bir bor taʼkidlayman, his-tuygʻularni boshqara bilish bundan ham muhim. Ikkinchi golimiz bizga katta yordam berdi, shuningdek, Oʻzbekiston urgan golning bekor qilinishi ham oʻyin manzarasiga taʼsir qildi.
Boshqa oʻyinda oʻsha gol hisobga olingandi va bu butun oʻyinning borishini oʻzgartirgan edi. Umuman olganda, juda mamnunman, chunki birinchi oʻyindagi xatolarimizdan juda tez xulosa chiqarolduk, — dedi Martinez.
Oʻzbekiston ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng Portugaliya terma jamoasi 4 ochko toʻpladi. Oʻzbekiston terma jamoasi esa hali ochko ololmagan va jadvalda soʻnggi — toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar