
Robertson: Ochig‘i, g‘azabdamiz
Endryu Robertson Shotlandiyaning Germaniyadan uchralgan mag‘lubiyati (1:5) haqida gapirdi.
Jamoalar Myunxenda "Evro-2024" ochilish o‘yinida maydonga tushishdi.
"Ochilish o‘yinida biz mezbon mamlakat bilan o‘ynadik. Ko‘p xatolar bo‘ldi va biz bu muammolarni bartaraf etishimiz kerak. Sababi, turnir juda qisqa.
Ushbu turnir darajasi juda baland va siz qanday terma jamoalarga qarshi o‘ynayotganingizni his qilib turishingiz kerak. Biz o‘z maksimalimizni namoyish eta olmadik.
Ochig‘i, g‘azabdamiz. O‘zimizdan xafsalamiz pir bo‘ldi. Ijobiy o‘ynashimiz va Shveytsariyaga qarshi bellashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bu qiyin sinov bo‘ladi", - dedi Shotlandiya sardori.
Fikrlar