Rodri "Barselona"ga o'tishga rozi bo'ldi

  • 07.08.2026 08:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yarimhimoyachi Rodridan rozilik oldi va uning transferi bo‘yicha «Manchester Siti»ga rasmiy taklif tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda Cadena Ser.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jahon chempioni «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan suhbatlashganidan so‘ng, kataloniyaliklar yaqin kunlar ichida «Manchester Siti»ga Rodri transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Barselona» 29 yoshli ispaniyalik futbolchini imkoni boricha tezroq o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti va uning o‘zi ham ko‘chishga rozilik bildirgan.

Avvalroq xabar qilinganidek, kataloniya klubi bitimni amalga oshirish uchun taxminan 50 million yevro ajratgan, biroq asosiy omil sifatida futbolchining shaxsiy qarori kutilgan edi.

Flik bilan suhbatdan so‘ng Rodri «Barselona»ga o‘tishga tayyor ekanini bildirdi. Endi klub futbolchining o‘zi va «Manchester Siti» bilan shartlarni kelishib olishi kerak bo‘ladi.

Rodri 2019 yildan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda. U madriddlik «Atletiko» tarkibidan ingliz klubiga 70 million yevro evaziga o‘tgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!