Rodri JCh-2026'ning ikki asosiy da'vogарini aytdi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rodri 2026 yildgi jahon chempionatida g‘oliblikka da’vogar deb hisoblayotgan ikki terma jamoani sanab o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bu borada Ispaniya va Argentina boshqa raqiblardan bir qadar oldinda turibdi. Rodrining o‘zi ham jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasi ro‘yxatiga kiritilgan.
"Jahon chempionatidagi asosiy favoritlar? Hozirgi kunda eng yaxshi formadagi jamoalar – Ispaniya va Argentina", – deya ta’kidladi Rodri.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. Ispaniya esa hozirgi Yevropa chempioni hisoblanadi.

Fikrlar