Rodri oʻziga jamoa tanladi

  • 14.01.2026 10:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”ning eng mashhur yulduzlaridan Rodrining kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. “Oltin to‘p” sohibini “Real” anchadan beri o‘z safiga qo‘shib olishga intilyapti.

“Shaharliklar” esa, ispan futbolchisining oxirgi ikki mavsumdagi jarohatlaridan keyin unga yangi bitim berishga shoshilmayotgan edi.

Endi vaziyat o‘zgargani aytilmoqda. “Manchester Siti” klubi Rodrini jamoada saqlab qolmoqchi.

TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, manchesterliklar yaqin oylarda ispaniyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Har ikki tomon ham yangi kelishuvga ochiq.

Rejaga ko‘ra, yangi shartnoma yoz oylarida rasmiy imzolanadi. Rodri 2019 yili Madriddning “Atletiko” klubidan “Manchester Siti”ga 70 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali ispaniyalik futbolchining bozor qiymatini 75 million yevro deb baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!