Rodri qarorini "Siti" rahbariyatiga aytdi

  • 25.07.2026 10:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes joriy yozgi transfer oynasida jamoasini oʻzgartirish niyati borligini klub rahbariyatiga maʼlum qildi. Ispaniyalik futbolchi «Real» safiga oʻtishni istamoqda.
 

Insayder Ben Jeykobs tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, 30 yoshli Rodri klub rahbarlari bilan suhbatda qarorini karerasi va oilaviy holatlar bilan izohlagan. «Manchester Siti» rahbariyati esa hozircha futbolchini qolishga koʻndirishga urinmoqda. Shuni ham taʼkidlash kerakki, yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yil iyunigacha moʻljallangan.
 

Eslatib oʻtamiz, ortda qolgan jahon chempionatida Rodri musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Yakuniga yetgan mavsumda u Angliya premyer-ligasida «Manchester Siti» tarkibida 21 ta oʻyin oʻtkazib, bir gol muallifiga aylangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!