Rodrining "Real"ga transferi tafsilotlari ochiqlandi
The Athletic nashri jurnalisti David Ornshteyn xabariga ko‘ra, «Real Madrid» yarim himoyachi Rodrini qo‘lga kiritish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Hozircha «Real» va «Manchester Siti» o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazilmagan, ammo madridliklar yozgi transfer oynasining o‘zidayoq futbolchini imzolashni maqsad qilgan.
«Manchester Siti» esa Rodrini jamoada saqlab qolish niyatida. Manchester klubi rahbariyati Ispaniya terma jamoasi sardori yangi shartnoma imzolash-imzolamasligidan qat’i nazar, jamoada qolishiga umid qilmoqda.
Ornshteyn ushbu materialni The Athletic nashri uchun Mario Kortegana bilan hamkorlikda tayyorlagan. Kortegana ma’lumotiga ko‘ra, «Real» Rodri transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga katta ishonch bildirayotgani qayd etilgan.
Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar