
"Roland Garros". Asosiy favorit turnirni tark etdi!
"Roland Garros"ning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham kuchlilar nomi tobora aniqlashib bormoqda. Asosiy bahslarning navbatdagi kunida yuz bergan sensatsiyalar butun tennis olamini lol qoldirdi.
Dastlab, tarnirda birinchi raqam ostida saralangan Simona Xalep o‘z uchrashuvini o‘tkazdi. Polshalik Iva Shvyontekka qarshi kortga chiqqan ruminiyalik tennis malikasi sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi. Bahs davomida o‘ziga o‘xshamagan Xalep va o‘z darajasidan yuqori o‘yin ko‘rsatgan Shvyontek bellashuvi 6:1, 6:2 hisobida autsayder foydasiga hal bo‘ldi.
Yana bir saralangan tennischining mag‘lubiyati barchani hayron qoldirdi. Niderlandiyalik Kiki Bertens chorak final yo‘llanmasi uchun italiyalik Martina Trevizanga qarshi bahs olib bordi. Asosan teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda omad Trevizanga kulib boqdi va u favorit maqomidagi raqibasini 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
3-tartib raqam ostida saralangan Elina Svitolina o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldi. Mezbonlar vakilasini 2 setda ranjitgan Svitolina chorak final chiptalarini naqd qildi. Yakuniy hisob: 6:1, 6:3.
Nisbatan o‘rtamiyona tennischilar sifatida e’tirof etilayotgan argentinalik Nadya Podoroska hamda chexiyalik Barbora Kreychikova bellashuvi qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Birinchi setni raqibasiga boy bergan Nadya keyingilarida tashabbusni o‘z qo‘liga olib, chorak finalda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Bahs Podoroskaning 2:6, 6:2, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar