"Roland Garros". Bugun final uchrashuvi o‘tkaziladi

  • 11 oktabr, 2020, 03:13
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Bugun "Roland Garros"ning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda turnirning 12 karra g‘olibi, ispaniyalik Rafael Nadal hamda ayni paytda jahonning 1-raqamli tennischisi serbiyalik Novak Jokovich o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.

Hal qiluvchi bellashuvda ushbu sportchilar avval 2 bor to‘qnash kelgan. 2012 yil Frantsiya ochiq chempionati finali 6:4, 6:3, 2:6, 7:5 hisobida Nadal foydasiga hal bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tib, ular yana finalgacha mag‘lubiyatsiz etib keladi va yana Nadal g‘olib chiqdi: 3:6, 7:5, 6:2, 6:4.

Bugungi kunda jahonning eng kuchli ikki raketka ustasi o‘rtasidagi bahs hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Shu bois, so‘nggi yangiliklardan boxabar qilib borishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!