"Roland Garros". Bugun ham katta sensatsiyalar yuz berdi

  • 7 oktabr, 2020, 02:18
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

"Roland Garros" turnirining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham kuchlilar nomi tobora aniqlashib bormoqda. Asosiy bahslarning navbatdagi kunida ham katta sensatsiyalar yuz berdi.

Turnirda o‘z yurishini davom ettirayotgan eng yuqori reytingdagi Elina Svitolina chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Argentinalik Nadya Podoroskaga qarshi kortga chiqqan ukrainalik tennischi 2:6, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Saralangan tennischilardan yana biri tunislik Uns Jabir AQShdan tashrif buyurgan Daniel Kollinz qarshiligini sindira olmadi. Hal qiluvchi set oldidan kuchlar mutlaqo teng kelganiga qaramay, 3-setni okeanorti vakilasi o‘z foydasiga hal qildi. Yakuniy hisob: 6:4, 4:6, 6:4.

Shuningdek, teng kuchlilar, deya e’tirof etilgan polshalik Iga Shvyontek hamda italiyalik Martina Trevizan bellashuvi Shvyontekning g‘alabasi bilan yakunlandi. Raqibasiga nisbatan kuchliroq o‘yin ko‘rsatgan polshalik sportchi 6:3, 6:1 hisobidagi haqli g‘alabani tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!