
"Roland Garros". Finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi!
"Roland Garros" turnirining ayollar o‘rtasidagi bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Qayd etish joizki, ikki juftlik mutlaqo ikki xil darajada edi va bu tabiiyki, o‘yinlarda ham sezildi. Dastlab, turnirda 4-raqamda saralangan Sofiya Kenin chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqdi. 7-raqamli Kvitova favorit maqomida ko‘rilayotgan raqibasiga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Ammo okeanorti vakilasi 6:4, 7:5 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z yurishini davom ettirdi.
Nisbatan past reytingdagi raketka sohibalari kurashida polshalik Iga Shvyontek hamda argentinalik Nadya Podoroska o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. Bellashuv davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Shvyontek buni natijada ham ko‘rsata oldi. Yakuniy hisob: 6:2, 6:1.
Fikrlar