"Roland Garros". Jokovichga muammo tug‘diradigan raqib topildi!

  • 8 oktabr, 2020, 02:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa hisoblanadigan "Roland Garros" turnirida yarim final bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

"Roland Garros-2020"ning 1-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi Novak Jokovich o‘z faoliyati davomida 10-bor yarim finalga chiqdi. Ispaniyalik Pablo Karreno Bustaga qarshi kortga chiqqan Jokovich sensatsion tarzda 1-setni boy berdi. Sababi, ortda qolgan 4 o‘yin va 72 set davomida birorta tennischi Novakdan set yutib olishni uddalay olmagan edi. Ammo raqibining bu ishini xuddi haqoratdek qabul qilgan jahonning birinchi raqamli raketka ustasi keyingi setlarda Karreno Bustaga imkoniyat qoldirmadi va yarim final chiptalarini naqd qildi. Yakuniy hisob: 4:6, 6:2, 6:3, 6:4.

Shuningdek, bugun Jokovichning final ostonasidagi raqibi ham aniqlandi. Rossiyalik Andrey Rublyov hamda gretsiyalik Stefanos Tsitsipas kurashida yunon raketka ustasining qo‘li baland keldi. Turnirning 5-tartib raqam ostida saralangan tennischisi 3 set davom etgan bellashuvni 7:5, 6:2, 6:3 hisobida o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi va kuchli to‘rtlik masalasini hal qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!