"Roma" boshqa klubga o‘tishdan bosh tortgan o‘yinchisini jazolaydigan bo‘ldi

  • 28 yanvar, 2023, 16:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" "Bornmut"ga o‘tishdan bosh tortgan yarim himoyachi Nikolo Zanologa nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Gianluca Di Marzio xabar bermoqda. 

Avvalroq, ingliz klubi rimliklarga 35 million evro, shuningdek, futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz ulush taklif qilgan. 

Zanolo APL klubiga o‘tishdan bosh tortganligi uchun "bo‘rilar"ning keyingi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi aytilmoqda. 

Avvalroq, unga "Milan"dan ham qiziqishlar bo‘layotganligi haqida xabarlar chiqqandi. 


Tecno




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!