"Roma" Dovbikni sotmoqchi

  • 19 aprel, 16:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainalik hujumchi Artyom Dovbikning o‘yini “Roma”ni qoniqtirmayapti. Calciomercato jurnalistlarining xabar berishicha, Rim klubi rahbariyati hujumchini sotib, uning o‘rniga boshqa to‘purar futbolchini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Dovbikga da’vogarlar qatorida Milaning “Inter” va “Napoli” klublari ham bor. Hujumchining ehtimoliy transfer summasi taxminan 25 million evroga baholanmoqda.

Joriy Italiya chempionati mavsumida ukrainalik futbolchi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan. Artyomning “Roma” bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029-yilning iyun oxirigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli hujumchi 2024-yilning yozida "Jirona"dan Rim klubiga 30 million evro evaziga o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!