
"Roma" Eldor Shomurodov o‘rniga APLdan xujumchi olib kelmoqda
Eldor Shomurodov va Temmi Abraxamni sotib yuborgan "Roma" Angliya Premer-ligasidan yosh va iqtidorli xujumchini ijaraga olmoqda.
Gap shundaki, "Brayton" xujumchisi Evan Fergyuson faoliyatini rimliklar klubida davom ettirishga yaqin. Fabritsio Romano bergan ma’lumotlarga qaraganda, irlandiyalik futbolchi yangi mavsumni ijara asosida A Seriya jamoasida o‘tkazadi.
"Bo‘rilar" uning APL jamoasida olgan maoshini to‘lashga tayyorligini bildirgan. Tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichiga etib kelgan. Fergyuson 2024/25 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini "Vest Xem"da ijara asosida o‘tkazgan edi. Uning "chaykalar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.
Ma’lumot o‘rnida, 20 yoshli forvard yakuniga etgan mavsumda umumiy 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 dona gol urgan.
Fikrlar