
"Roma" Eldordan so‘ng Sardorni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Sardor Azmun “Roma”ning qiziqishlar doirasiga kirdi.
Corriere dello Sport tarqatgan xabarga qaraganda, rimliklar 26 yoshli eronlik futbolchini “Inter”ga o‘tishi kutilayotgan Edin Jeko o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
“Roma”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Azmunni “Tottenxem”da ishlab yurgan chog‘laridayoq o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” Aleksandr Lyakazett («Arsenal»), Andrea Belotti («Torino») va Mauro Ikardi (PSJ) variantlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
“Roma” bundan bir necha kun oldin “Jenoa”dan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar