"Roma" "Milan"ni so‘ngi daqiqalarda g‘alabadan maxrum qildi
Italiya A Seriyasining 17-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Roma" baxsi yakunlandi.
30-daqiqada Per Kalulu boshi bilan gol urib, hisobni ochdi. 77-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Pabega oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 87-minutda Rojer Ibanes gol urib hisobni qisqartirgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Temmi Abraxam jamoasini mag‘lubiyatdan qutqaruvchi golni urdi va ikkala klub ham bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Shu tariqa, "Milan" turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. "Roma" esa 6-pog‘onani band qilib turibdi.

Fikrlar