
“Roma” murabbiylar shtabida o‘zgarish
Yangi yildan so‘ng, “Roma” murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Jamoani o‘yinlarga tayyorlashda Joze Mourinoga yaqindan yordam berib kelgan Joau Sakramentu mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlash maqsadida Rim klubi bilan xayrlashdi.
Joau Sakramento “Tottenxem” va “Roma”da Mourinoning yordamichisi vazifada ishlab kelgan edi.
2021 yil bilan birga mister Joze Mourino bilan hamkorlikda o‘tgan ikki yillik tsikl ham yakunlandi. Men u bilan ishlaganimdan faxrlanaman va Mourino bilan ishlash orzularimdan birining ro‘yobga chiqishi bo‘ldi. Bir umr sizdan minnatdorman, Janob. Barcha ezgu tilaklarim siz uchun!, - deyub yozdi Sakramentu instagramdagi sahifasida.
Ma’lumotlarga qaraganda, 32 yoshli mutaxassis biror jamoani qabul qilib, mustaqil tarzda bosh murabbiy bo‘lib ishlashni rejalashtirgan.
Joze Mourino esa, yordamchisiz qolmaydi. Unga jamoani tayyorlashda Salvatore Foti yordam berishi aytilmoqda.
“Roma” bu o‘yinchini qo‘yib yubormaydi
Rim klubini frantsiyalik yarim himoyachi Jordan Veretuga boshqa jamoalardan taklif bo‘layotganini inobatga olib, bu o‘yinchi sotilmasligini ma’lum qildi.
Frantsiya terma jamoasiga jalb qilina boshlagan futbolchiga “Nyukasl”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgan edi.
“Roma” klub rahbariyati bir necha futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan. Ular orasida Veretu ham bor.
28 yoshli o‘yinchi asosan tayanch zonada harakat qilayotgan bo‘lsa-da, tez-tez hujumlarga qo‘shilib turadi. Veretu joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va ettita golli pas muallifi bo‘ldi.
Frantsiyalik iste’dod egasi “Roma”ga 2019 yilda “Fiorentina”dan kelgan. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.
Klub xo‘jayinlari mazkur kelishuvni yana ikki yilga uzaytirishni mo‘ljallamoqda.
Mourino yanvarda kuchatiriladigan pozitsiyalarni aytdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino birinchi navbatda ikki pozitsiyani kuchaytirish kerakligini ta’kidlamoqda.
Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, o‘ng qanot hujumiga tezkor va mahoratli ijrochi kerak. Hujum markazida Temmi Abraxam va chap qanotda Eldor Shomurodov va Stefan El-Shaaravi harakat qiladi. O‘ng qanotda Karles Peres va Nikolo Dzanolo o‘ynaydi. Shunga qaramay, Mourino o‘ng qanotni yanada kuchaytirmoqchi.
Shuningdek, “Roma”ga pleymeykerlik vazifasini bajaradigan markaziy yarim himoyachi kerak. Hozir asosiy pleymeyker Lorentso Pellegrini hisoblanadi. U yo‘qligida bu pozitsiyani Genrix Mxitaryan yopmoqda. Armanistonlik yarim himoyachi mavsum oxirida jamoani tark etishi sababli rimliklar maydon markaziga o‘yinchi oladigan bo‘lyapti.
Ishga “Manchester Yunayted” aralashdi
“Roma” jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Marsel”dan Bubakar Kamarani transfer qilmoqchi edi.
Biroq, 22 yoshli yarim himoyachini qudratliroq da’vogar paydo bo‘ldi. “Marsel” vakili uchun kurashga “Manchester Yunayted” qo‘shilgani rimliklarning imkoniyatini sezilarli darajada pasaytirib yubordi.
Mutaxassislar Bubakar Kamaraning o‘zi Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishni istamoqda.
Fikrlar